“AVTOMOBILCHI” gazetasi
№ 23(832). 10 iyun 2004 yil
«OPAMGA JUDA O’XSHAYMAN»
—deydi sahifamizning bugungi meрmoni, xonanda Guli Asalxo’jaeva
—Rulga birinchi bor o’tirgan damlaringizni eslaysizmi?
—Bolaligimdan mashina haydashga juda ishtiyoqmand edim. Avtomobil boshqarayotgan ayollarga juda havasim kelardi. Mavluda opamning mashinasini Ravshan akam haydaydi. U kishidan mashina haydash sirlarini o’rgatishini iltimos qildim. U kishi erinmasdan, xatto men mashinani mustaqil boshqara oladigan darajaga etgunimcha muallimlik qildi. Shundan keyin opam Nexia sovg’a qildi. Mana hozir mashinamni mazza qilib haydab yuribman.
—Rulda ketayotganingizda xayol surasizmi?
—Inson bir ishga ma’suliyat bilan yondoshdimi, butun diqqat e’tibori o’shanda bo’lishi kerak, deb o’ylayman. Xudo ko’rsatmasin, rulni boshqarib ketayotganda xayol surish mumkin emas, axir.
—Mashina haydash bilan bog’liq irim-sirimlarga ishonasizmi?
—Hamma yaxshiliklar tozalik va ozodalikka bog’liq. Pokiza yurgan bandasiga gard yuqmaydi. Shuning uchun doimo ozoda bo’lib, «Bismilloh…» deya rulga o’tiraman. So’ngra yaxshi niyatlar qilib mashina boshqaraman.
—Avtomobilni oilangiz a’zosi sifatida qabul qila olasizmi?
—Ot insonning yo’ldoshi, degan gap bor. Insonning uzog’ini yaqin qiluvchi, beminnat dastyorni yaqin hamroh sifatida sanash yomonmas. Axir avtomobil ham to’rt oyoqli temir otda. Texnik ehtiyojlaridan o’z vaqtida xabardor bo’lib tursangiz, u ham sizning vafodor hamrohingizga aylanadi.
—Yo’l nozirlari bilan esda qolarlik qiziq voqealar bo’lganmi?
—Tasodifan ular meni to’xtatishganda, «I-e, opasining singlisi-ku,» deya hazillashishadi. So’ngra oq yo’l tilab ruhsat berishadi. Gohida «Ey, bu kichkina Mavluda-ku» deb samimiy muomala qilib kuzatib qolishadi. Opamga juda o’xshasam kerak.
—Avtomobilingizni yaqin kishilaringiz
so’rasa berib turasizmi?
—Bolaligimdan qizg’anish nimaligini bilmaganman.
Bu borada hech kimni ranjitmaslikka harakat qilaman. Birovning dilini
og’ritishdan yomon narsa bo’lmasa kerak. Imkon qadar yordam so’rab kelgan
kishilarga foydam tegishini xohlayman. Lekin har bir qilgan ishimning oqibatini
o’ylab, ma’suliyatini his qilib turaman.
—Mashina gapga tushanadi degan gap bor?
—Mashina bilan doimo birga yurganingizdan keyin u sizni tushunadi. Yur desangiz yuradi, to’xta desangiz to’xtaydi. Hatto buyrug’ingizni shunchalik tez bajaradiki, ta’rifga so’z ojiz (hazil). Eng muhimi, mashinani o’zingizga qulay qilib moslab olish va doimo unga e’tiborli bo’lishingiz kerak. Mashinaga biron nimadan ranjib o’tirsangiz, albatta ishingiz yurishmay xunob bo’lasiz. Shunda mashinani ham «hafa» qilib qo’yishingiz mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham «Bismilloh» deya rulga o’tirsangiz ko’ngildagi g’uborlar o’z-o’zidan tarqab ketadi. Ha, ko’pincha kayfiyatni yaxshilash inson irodasiga bog’liq.
—O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan
avtomobillar sizga ma’qulmi?
—O’zimizda ishlab chiqarilayotgan
avtomobillarning barchasini men yaxshi ko’raman. Ayniqsa «Nexia» menga juda
yoqadi. Ko’rinishiga gap yo’q, saloni keng, yoqilg’ini tejaydi.
—Piyodalar xususida nima deya olasiz?
—Bugungi kunda ro’y berayotgan avtotransport hodisalarning ko’pchiligiga piyodalar sababchi bo’lishmoqda, deb o’ylayman. Qolaversa «qars ikki qo’ldan chiqadi» degan naql bekorga paydo bo’lmagan. Dahshatli halokatlar sodir etgan ayrim haydovchilarning qilmishlarini mutlaqo kechirib bo’lmaydi. Spirtli ichimlik ichib bemalol rulga o’tirayotganlarni yoki rulda o’zlarini go’yo sherdek his qilib havolangan holatda qoidalarga bepisandlik qilayotgan havasmand o’spirinlarni falokat sodir etadimi yo’qmi jiddiy jazoga tortish kerak. Piyodalar esa xavf paydo qiluvchi joylarda yer osti yo’llaridan foydalansalar avvalo o’zlarining, qolaversa yon-atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlagan bo’ladilar.
—Avtomobilchilarga
tilaklaringiz?
—Avvalambor, yo’lga chiqgan har bir avtomobilchiga o’z
oilasi bag’
Guliasal.narod.ru
o'zbek estradasining yosh yulduzi - Guli
Asalxo'jaevaning mahsus web-sahifasi.
http://shou-biznes.narod.ru/
Tashkent,
Uzbekistan
Sayt muallifi - Mirtohir Mirg'ulomov.