“Darakchi” gazetasi
№ 37. 09 sentyabr 2004 yil
Guli Asalxo’jaeva: «Kunlik ish rejam juda tig’iz!»
Qizlar uchun san’atkor bo’lish osonmi yoki qiyin? Hozirgi san’atga qadam qo’yayotgan qizlar nima bilan shug’ullanmoqda? Ular o’zlari o’ylagandan ham tez mashhur bo’lib ketyaptimikan? Bu savollar barchani qizihtirishi tabiiy. Shu bois savollarga javob izlab yaqindagina san’atga qadam tashlagan xonanda Guli Asalxo’jaevaning bir ish kunida nimalar bilan mashg’ul bo’lishini kuzatdik…
Mashhur san’atkorimizning singlisi shu kunlarda hammaning og’zida. Chunki… hech kim hatto, Mavluda Asalxo’jaevaning xayoliga kelmagan bir ishni boshladi-yu, boshqalar u yoqda tursin, opasi ham hayron qoldi. Keling, batafsil bayon qilaylik…
Guli Asalxo’jaevaning ajoyib bir odati bor: rejalashtirgan ishini hech kimga aytmasdan bajarib qo’ya qoladi. San’atga qadam qo’yayotganida ham bir-ikkita qo’shiq yozib bo’lganidan keyin opasiga qo’rqa-pisa bir g’oyasini aytgandi.
—Ie, nega mendan yashirib yuribsan?—deb ko’zlari ola-kula bo’ldi o’shanda opasining.
Singlisining yaqinda qilgan ishidan katta Asalxo’jaevaning yana kapalagi uchib ketdi! Hamma, opangizga judayam o’xshaysiz, ovozingiz ham, ko’rinishingiz ham deyavergach, «mana senlarga» dedi-yu, stilist-dizaynerlar bilan maslahatlashib, ko’rinishini butunlay o’zgartirdi. U bir kunda 250 marta suratga tushdi. Opasi esa zo’rg’a 150 taga chiday oldi, xolos.
TONGNI QANDAY QARSHILAYDI?
Agar xizmatdan kech qaytmagan bo’lsa, erta turib, hovlisiga suv sepib, chinniday qilib supurib chiqadi. «Sarishtali uyga farishta kirar» qabilada ish tutsa kerak-da! Keyin hovlidagi gullar parvarishiga g’oyat e’tiborli. Qizil rangli gullar Gulixonning jonu dili. Ehtimol, shuning uchun ham ijodini «Qizil gul» qo’shig’idan boshlagandir?
VOKALGA QATNASHADI
Uydagi barcha ishlarni saranjomlagandan so’ng vokaldan dars olgani yo’l oladi. Deyarli har kuni 2 soat mobaynida tinimsiz «baqiradi» (11:00 dan 13:00 gacha). Ya’ni «do»dan «do»gacha qaytariluvchi dars ( solfedjio)ga qatnaydi.
GO’ZALLIK VA TASHQI KO’RINISH
San’atkorman degan qizlar, umuman barcha ayollar uchun tashqi ko’rinish juda muhim. Shuning uchun ham yosh xonanda doimo bir kunlik ish rejasiga stilist-sartaroshlarga uchrashishniyam kiritib qo’ygan. Agar vaqti tig’iz bo’lsa, salonga kirolmay qolsa, mashinaning ichida ham katta pardoz qutichasini ochib, o’ziga oro berib ketaveradi ( pardoz qutichasida 30 ga yaqin rang bo’lsa kerak)
Aytgancha, poytaxtimizdagi «Antaliya» nomli turk sartaroshxonasida sochiga oro beradi.
STUDIYA, STUDIYA, STUDIYA…
Xonandaning hamisha oldinda yurishi uning yangi-yangi ijod namunalariga bog’liq. Shunday ekan, yangi qo’shiqlar yozish uchun studiyaga ham vaqt ajratmasa bo’lmaydi. Bu qo’shiqni bir martada yoza olsangiz mayliku-ya, agar eplolmasangiz, ikki-uch kunlab qatnaysiz.
QOMATNI SAQLASH UCHUN MASHQLAR
(Soat 16:00 dan 18:00 gacha). Chunki sahnabop ko’rinish har bir san’atkor uchun suv va havodek zarur. Ilk qo’shig’i chiqqanidan buyon hozirgi kungacha ancha-muncha sahnaviy ko’rinishga ega bo’ldi.
O’ZI HAQIDA QISQACHA
Oilali, uch farzandi bor. Turmush o’rtog’i Ravshan Xo’jaev eng yaqin ko’makchisi. Barcha yugur-yugurlar faqat shu inson zimmasida. Prodyuseri esa opasi Mavluda Asalxo’jaeva. Mashinasi — safar rangdagi NEXIA. Yaqinda katta tezlikda mashinasini boshqarib ketayotganida, DAN xodimlari to’xtatib, jarima solishiga sal qoldi. Keyin taniganlari uchun qo’yib yubordilar. Shundan buyon xonanda DAN xodimlaridan mamnun.
HAYOTIDAGI QIZIQARLI VOQEA
“Ketma” qo’shig’iga klip ishlash jarayoni boshlangan… Bu ilk klip
bo’lganligi uchun ham hayajonlandi. Rejissoru tasvirchilar, umuman, ijodiy guruh
kelishgan holda klipni
P.S: Biz xonanda bilan kun bo’yi birga bo’ldik. San’atkorga haqiqatdan ham oson emas ekan. Kunlik reja juda tig’iz, yugur-yuguri ko’p. Nima uchun ko’p xonandalar uyqudan juda kech turadi, desak…gap buyoqda ekan-da!…
Guliasal.narod.ru
o'zbek estradasining yosh yulduzi - Guli
Asalxo'jaevaning mahsus web-sahifasi.
http://shou-biznes.narod.ru/
Tashkent,
Uzbekistan
Sayt muallifi - Mirtohir Mirg'ulomov.